Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

O'zbekiston Respublikasi aholisi va uning farovonligi to'g'risidagi ishonchli ma'lumot uzoq muddatli prognozlar va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadli dasturlarini, yangi ish o'rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash dasturlarini ishlab chiqish, barqaror rivojlanish Milliy maqsadlari indikatorlarini shakllantirish, mehnat resurslari joylashuvi va ulardan foydalanish jarayonlarini o'rganish, ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun muhim poydevor hisoblanadi .
Respublikamizda iqtisodiy va ijtimoiy ma'lumotlaring aniqliligini ta'minlash va axolinig yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma'lumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflari haqida ma'lumotlar maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi PF-5655-son Farmoniga muvofiq respublikamizda 2022 yilda aholini ro'yxatga olish tadbirini o'tkazish belgilandi.

O'zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish konsepsiyasiga muvofiq aholini ro'yxatga olish tadbirlarini o'tkazish bilan bog'liq xarajatlar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlariga va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun ko'zda tutilgan O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa mablag'lar hisobiga moliyalashtiriladi.
Aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazishga, uning materiallarini qayta ishlashga, natijalarini olish va e'lon qilishga jalb etilgan xodimlarning mehnatiga haq to'lash maxsus ishlab chiqilgan va tasdiqlangan normativlar asosida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, 2022 yilda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish bo'yicha xalqaro tashkilotlar bilan ham tashkiliy, uslubiy va moliyaviy jihatlar bo'yicha hamkorlik qilinmoqda. Jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg'armasi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Statistika komissiyasi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi va boshqa shu kabi xalqaro tashkilotlarni keltirish mumkin.

 

Peshku tuman statistika bulimi

Tugmani bosing Tinglash