Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

O’zbekistonda aholini ro’yxatga olish 2022 yilda o’tkaziladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 5 fevraldagi farmon bilan 2022 yilda O’zbekistonda aholini ro’yxatga olish kontsepsiyasini tasdiqladi.Mustaqillik yillarida mamlakatimizda aholi ro’yxatga olinmagan.Oxirgi bor 1989 yili, deyarli o’ttiz yil oldin o’tkazilgan edi.

Dunyoning ko’plab mamlakatlarida bunday tadbirlar xar o’n yilda bir marta o’tkaziladi(Qozog’iston, Belarus, Rassiya Federatsiyasi, AQSH, ba’zan Kanadada-xar besh yilda bir marta).

Aholini ro’yxatga olish aholining aniq sonini, individual ro’yxatga olishini va jinsi, yoshi, turmush darajasi, ta’lim darajasi, xayoti, bandligi, fuqaroligi va boshqa demografik va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlariga ko’ra batafsil tavsifini ta’minlaydi.

“Aholini ro’yxatga olish to’g’risida”gi qonun loyixasini ishlab chiqish rejalashtirilgan bo’lib, unda aholini ro’yxatga olish maqsadlari,tartibi, muddati va muddatlari, ilg’or xorijiy amaliyotda qabul qilingan zamonaviy texnologiyalar va metodologiya asosida aholini ro’yxatga olishni tashkil etish va o’tkazish, davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslarni ro’yxatga olish jarayonida ishtirok etish, aholini ro’yxatga olish natijalarini amalga oshirish belgilangan.

Ushbu ma’lumot kelgusi yillarda mamlakatda aholi sonini va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning asosiy xususiyatlarini  boshorat qilish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

Natijada uzoq muddatli byudjetni rejalashtirishningasosini tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, ro’yhatga olish nafaqat statistik natijalar, balki iqtisodiy va ijtimoiy bashoratlash mumkinligini tasdiqlaydi.

                                           

                                                                                                           Buxoro shaxar statistika bo’limi.

Tugmani bosing Tinglash