Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Aholini ro'yxatga olish - bu demografik, iqtisodiy va jismoniy ma'lumotlarini yig'ish, umumlashtirish, tahlil qilish va chop etishning yagona jarayoni bo'lib, u ma'lum bir vaqtda mamlakatdagi barcha shaxslarga yoki uning aniq chegaralangan qismiga tegishlidir.Bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqiyosidagi keng ko'lamli tadbir bo'lib, aholi to'g'risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.
Aholini ro'yxatga olish yakunlariga qarab o'tmish va hozirgi davr haqida fikr va mulohazalar yuritish hamda kelajakni prognoz qilish mumkin bo'ladi.Qator holatlarda aholini ro'yxatga olish-aholining yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma'lumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflari hakida ma'lumotlar olishning yagona manbai bo'lib xizmat qiladi.

Birinchi to'liq ro'yxatga olish 1790 yilda Qo'shma Shtatlarda o'tkazildi.
Birlashgan Millatlar tashkilotining 2020 yilda Butunjaxon aholi va uy-joy fondini ro'yxatga olish dasturining qo'llab-quvvatlashini e'tiborga olgan holda aholi sonining aniqliligi juda dolzarbligini anglatadi.
Respublikamizda iqtisodiy va ijtimoiy ma'lumotlarning aniqliligini ta'minlash va aholining yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma'lumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflari haqida ma'lumotlar maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi PF-5655-son Farmoniga muvofiq respublikamizda 2022 yilda aholini ro'yxatga olish tadbirini o'tkazish belgilandi.

Bu farmoish ijrosi yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqildi va o'zbekiston Respublikasining “Aholini ro'yxatga olish to'g'risida” qonun loyixasi muxokamaga qo'yildi.

 


Kogon shahar statistika
bo'limi yetakchi mutaxassisi D.Qurbonova

Tugmani bosing Tinglash