Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

O'zbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy ma'lumotlarning aniqliligini ta'minlash va aholining yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma'lumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflari haqida ma'lumotlarni o'rganish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi PF-5655-sonli Farmoniga muvofiq 2022 yilda aholini ro'yxatga olish tadbirini o'tkazish belgilandi. Ushbu farmoyish ijrosi yuzasidan chora tadbirlar ishlab chiqildi va O'zbekiston Respublikasining “Aholini ro'yxatga olish to'g'risida”gi Qonun loyihasi muxoqamaga qo'yildi. 

O'zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish konsepsiyasiga muvofiq aholini ro'yxatga olish tadbirlarini o'tkazish bilan bog'liq xarajatlar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlariga va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun ko'zda tutilgan O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa mablag'lar hisobiga moliyalashtiriladi.
Aholini ro'yxatga olish tadbiri - keng qamrovli, uzoq vaqt va ko'p mablag' talab qiluvchi tadbir bo'lib, mamlakatda yashovchi barcha aholiga oid bo'lgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma'lumotlarni yig'ish, umumlashtirish, baholash, tahlil qilish va e'lon qilishning yagona jarayoni bo'lib, aholi to'g'risidagi ma'lumotlarning asosiy manbai bo'lib hisoblanadi.

Aholini umumiy ro'yxatdan o'tkazish tadbiri tarixiga nazar solsak, aholi sonini hisobga olishga bo'lgan ehtiyoj uzoq tarixga borib taqaladi.
Tarixiy manbalarga ko'ra, Qadimgi Xitoy, Misr, Gretsiya, Yaponiya, Rim va Eronda aholi hisobini yuritish to'g'risidagi ma'lumotlar mavjud.
Lekin aholini hisobga olishning maqsadi va uslublari juda sodda ko'rinishda bo'lib, hozirgi zamonaviy ko'rinishdan keskin farq qilgan.
Tartibli ko'rinishdagi aholini umumiy ro'yxatdan o'tkazish 1790 yilda AQShda o'tkazilgan, undan so'ng1800 yilda Shvetsiya va Finlandiyada, 1801 yilda Angliya, Daniya, Norvegiya va Fransiyada o'tkazilgan.

Aholini ro'yxatga olishning dolzarbligi nimada?
Birinchidan, ma'lum bir sanada aholining aniq soni (yoshi va jinsi tarkibi, fuqaroligi, millatlar tarkibi (keng qamrovli), oilaviy ahvoli ma'lumot darajasi, uy-joy bilan ta'minlanganlik darajasi, mehnat resurlari, iqtisodiy faol aholi, aholi bandligi (kasbi va mutaxassisligi) va ishsizligi, daromad olish manbalari, nogironligi bo'yicha batafsil ma'lumot olish.
1) Aholining milliy tarkibi
2) Diniy e'tiqodi
3) Oilaviy axvoli
4) Aholinining migratsiyasi
5) Ma'lumotlilik darajasi
6) Bandlik bo'yicha ma'lumotlar
7) Uy-joy ta'minlanganligi.
8) Ijtimoiy soha ko'rsatkichlari

Yuqoridagilardan kelib chiqib quyidagilarga imkon yaratiladi.
Milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish ko'rsatkichlarini shakllantirish va monitoring qilishda foydalaniladi.
Urbanizatsiya darajasi Aholi punktlarining infratuzulmasini yaxshilashda, mehnat resurslaridan foydalanish va joylashtirish bo'yicha qisqa, o'rta va uzoq muddatli prognozlar, dasturlar tayyorlashda foydalaniladi.
Xalqaro tashkilotlar va foydalanuvchilar tomonidan amalga oshiriladigan tahlillari uchun keng qamrovli axborotlar bilan ta'minlashda va Reyting ko'rsatkichlarini shakllantirishda foydalaniladi.

Aholi va uning farovonligi to'g'risidagi ishonchli axborotlar davlatning uzoq muddatli prognozlar va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadli dasturlari, aholining bandligini ta'minlash va yangi ish o'rinlari tashkil etish dasturlari, barqaror rivojlanish maqsadlari Milliy indikatorlarini shakllantirish, mehnat resurslari joylashuvi va ulardan foydalanish jarayonlarini o'rganish, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda ilmiy tadqiqotlar olib borishda foydalaniladi.

 


Olot tuman statistika
bo'limi boshlig'i: N.Jumaev

Tugmani bosing Tinglash