Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

SEMINAR UTKAZILDI
Shofirkon tuman statistika bulimi tomonidan tumandagi «Shofirkon pochta» AJ Matbuot tarkatuvchi mchj ,tuman maktabgacha ta'lim muassasi xodimlari bilan axolini ruyxatga olish tadbiriga bagishlab seminar utkazildi bulim yetakchi mutaxassisi S.Shoeva Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi «Uzbekiston Respublikasida 2022 yilda axolini ruyxatga olishni utkazish konsepsiyasini tasdiklash tugrisida»gi farmoni maksad va moxiyati xakida gapirdi seminar katnashchilari tomonidan mavzuga bagishlangan savollarga javob berdi

Shofirkon tuman statistika bulimi

 

                                   Aholini ro'yxatga olishning massadi va vazifalari.

Aholini ro'yxatga olish - bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko'lamli tadbir bo'lib, aholi to'g'risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.
    O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi PF-5655-son    Farmoniga muvofiq respublikamizda 2022 yilda aholini ro'yxatga olish tadbirini o'tkazish belgilanligi munosabati bilan Peshku tumanida ham seminar o'tkazildi
  Seminar qatnashchilariga xalqaro tajribaga asosan aholi soni bo'yicha aniq va yaxlit ma'lumotlar aholini ro'yxatga olish asosida olinadi. Aholini ro'yxatga olish yakunlariga qarab o'tmish va hozirgi davr haqida fikr va mulohazalar yuritish hamda kelajakni prognoz qilish mumkin bo'lishi tushuntirildi.

Aholini ro'yxatga olish tadbiri iqtisodiy jihatdan bizga nima beradi?
Birinchidan, aholini ro'yxatga olish mehnat va uy-joy bozorlarini rejalashtirish, respublika byudjetini tuzish, transport siyosatini yuritish, elektrenergetika, ijtimoiy ta'minot, sog'liqni saqlash va ta'lim sohalari, til va diniy siyosat masalarida juda muhim ahamiyatga ega. Bir so'z bilan aytganda, qaysi sohada bo'lmasin, kelajakni bashorat qilish zarur bo'lgan hollarda aholini ro'yxatga olish natijalarisiz rejalashtirib bo'lmaydi.

Ikkinchidan, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko'rsatkichlarni (yalpi ichki mahsulot, aholi daromadlari, sanoat mahsuloti hajmi, iste'mol mahsulotlari hajmi, aholiga ko'rsatiladigan xizmatlar hajmi, qishloq xo'jaligi mahsulotlari) hisoblashda foydalaniladi.
Uchinchidan, respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko'rsatish bo'yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot manbai sifatida xizmat qiladi.

To'rtinchidan, aholi punktlarining infratuzulmasini yaxshilashda, mehnat resurslaridan foydalanish va joylashtirish bo'yicha qisqa, o'rta va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqishda ishlatiladi.
Bunday ma'lumotlar ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni oldindan baholash, bandlik sohasidagi siyosatni belgilash, ijtimoiy siyosat
va aholi salomatligi bo'yicha dasturlarni yaratishda, shuningdek davlat hokimiyati organlarining vazifalarini bajarishi, ilm-fan
va jamiyatni axborot bilan ta'minlash uchun zarurdir.

    O'zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish konsepsiyasiga muvofiq aholini ro'yxatga olish tadbirlarini o'tkazish bilan bog'liq xarajatlar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlariga va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun ko'zda tutilgan O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa mablag'lar hisobiga moliyalashtiriladi.
Moliyalashtirish uchun zarur mablag'lar hajmi O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va boshqa mas'ul idoralar hisob-kitoblari asosida, shuningdek, tender savdolari va tender hujjatlarini rasmiylashtirish natijalari bo'yicha aniqlanadi.

Aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazishga, uning materiallarini qayta ishlashga, natijalarini olish va e'lon qilishga jalb etilgan xodimlarning mehnatiga haq to'lash maxsus ishlab chiqilgan va tasdiqlangan normativlar asosida amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, 2022 yilda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish bo'yicha xalqaro tashkilotlar bilan ham tashkiliy, uslubiy
va moliyaviy jihatlar bo'yicha hamkorlik qilinmoqda. Jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg'armasi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Statistika komissiyasi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi va boshqa shu kabi xalqaro tashkilotlarni keltirish mumkin.

 Peshku tuman statistika bo'limi ma'muriyati.

Aholini ro'yxatga olish to'g'risida


Aholini ro'yxatga olish - bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko'lamli tadbir bo'lib, aholi to'g'risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.
Aholini ro'yxatga olish tadbiri - aholining yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma'lumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflari haqida ma'lumotlar olishning yagona manbai bo'lib xizmat qiladi.
Aholini ro'yxatga olish qadimgi davrlarda ham bo'lgan. Eramizdan avvalgi 3800 yilda Qadimgi Bobilda, eramizdan avvalgi 435 yilda qadimgi Rimda hamda ilk bor qonunchilik asosida 1790 yilda AQShda aholini ro'yxatga olish o'tkazilgan. Aholini ro'yxatga olish tadbirlari asosan ikki maqsad uchun o'tkazilgan soliq to'lovchilar sonini aniqlash va harbiy janglar uchun yaroqli erkaklar sonini belgilash maqsadida
O'zbekiston hududida dastlabki aholi ro'yxati 1897 yilda o'tkazilgan, aholi soni 3,9 mln. kishini tashkil qilgan. Oxirgi marta esa 1989 yilda o'tkazilgan, aholi soni 19,8 mln. kishini tashkil qilgan.

Qorako'l tuman statistikasi.

Aholini ro'yxatga olish barchaga va har bir insonga daxldor

O'zbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy ma'lumotlarning aniqliligini ta'minlash va aholining yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma'lumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflari haqida ma'lumotlarni o'rganish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi PF-5655-sonli Farmoniga muvofiq 2022 yilda aholini ro'yxatga olish tadbirini o'tkazish belgilandi. Ushbu farmoyish ijrosi yuzasidan chora tadbirlar ishlab chiqildi.
Aholini ro'yxatga olish - bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko'lamli tadbir bo'lib, aholi to'g'risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.
Aholini ro'yxatga olish tadbiri - aholining yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma'lumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflari haqida ma'lumotlar olishning yagona manbai bo'lib xizmat qiladi.
Xalqaro statistiklarning Sankt-Peterburgdagi 1872 yilgi kongressida birinchi marotaba davlatlar har 10 yilda kamida bir marotaba aholini ro'yxatga olishni o'tkazishini tavsiya etgan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2015 yil 10 iyundagi “2020 yilda aholi va uy-joy fondini ro'yxatga olish borasidagi prinsiplar va tavsiyalar” rezolyutsiyasiga tayanib, a'zo-davlatlarni 2020 yilda Butunjahon aholi va uy-joy fondini ro'yxatga olish dasturi doirasida kamida bir marotaba ro'yxatga olishni o'tkazishni qat'iy da'vat etadi.
Aholini umumiy ro'yxatdan o'tkazish tadbiri tarixiga nazar solsak, aholi sonini hisobga olishga bo'lgan ehtiyoj uzoq tarixga borib taqaladi.
Tarixiy manbalarga ko'ra, Qadimgi Xitoy, Misr, Gretsiya, Yaponiya, Rim va Eronda aholi hisobini yuritish to'g'risidagi ma'lumotlar mavjud.
Lekin aholini hisobga olishning maqsadi va uslublari juda sodda ko'rinishda bo'lib, hozirgi zamonaviy ko'rinishdan keskin farq qilgan.
Tartibli ko'rinishdagi aholini umumiy ro'yxatdan o'tkazish 1790 yilda AQShda o'tkazilgan, undan so'ng1800 yilda Shvetsiya va Finlandiyada, 1801 yilda Angliya, Daniya, Norvegiya va Fransiyada o'tkazilgan.
Aholini ro'yxatga olishning dolzarbligi nimada?
1. Har bir ma'muriy-hududiy birliklar kesimida ya'ni, viloyat, tuman, shahar, shaharcha va qishloqlardagi aniq aholi soni;
2. Respublikani iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishda sohalar bo'yicha manzilli dasturlarning tayyorlanishi:
- ijtimoiy himoya bo'yicha;
- sog'liqni saqlash bo'yicha;
- investitsiya bo'yicha;
- madaniyat bo'yicha;
- turizm bo'yicha
- maktabgacha ta'lim va maktablar qurish bo'yicha;
- yo'l qurilishi va infratuzilma bo'yicha;
- boshqa sohalar bo'yicha.
3. Jon boshiga yalpi hududiy va yalpi ichki maxsulot hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlarni shakllantishish uchun.
4. Ilmiy izlanishlarda foydalanish.
5. Milliy barqaror rivojlanish maqsadlari bo'yicha indikatorlarning shakllanishi.
6. Xalqaro reytinglarda Uzbekistonning o'rnini oshirish.
7. Barcha darajadagi demografik holatlar ya'ni, aholining yoshi, jinsi, millati, kam sonli aholisi bor millatlar, ma'lumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflari.
8. Hozirgi demografiyani aniq hisobi va kelajakdagi prognozi.
9. Respublika, viloyat va tuman darajasidagi byudjetlarni aniq shakllantirish.
10. Tuman, shahar, viloyat va respublikada uy-joyga bo'lgan extyojni aniqlash.
11. Xorijiy investorlarni jalb qilish uchun.
12. Uzoq va chegaradosh hamda chegaradan tashqari hududlar aholi ma'lumotlarini aniq hisobini shakllanishi.
13. Boshqalar uchun xizmat qiladi.

 

 

Olot tuman statistika
bo'limi boshlig'i: N.Jumaev

Tugmani bosing Tinglash