Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Aholini ro'yxatga olish barchaga va har bir insonga daxldor

O'zbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy ma'lumotlarning aniqliligini ta'minlash va aholining yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma'lumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflari haqida ma'lumotlarni o'rganish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi PF-5655-sonli Farmoniga muvofiq 2022 yilda aholini ro'yxatga olish tadbirini o'tkazish belgilandi. Ushbu farmoyish ijrosi yuzasidan chora tadbirlar ishlab chiqildi.
Aholini ro'yxatga olish - bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko'lamli tadbir bo'lib, aholi to'g'risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.
Aholini ro'yxatga olish tadbiri - aholining yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma'lumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflari haqida ma'lumotlar olishning yagona manbai bo'lib xizmat qiladi.
Xalqaro statistiklarning Sankt-Peterburgdagi 1872 yilgi kongressida birinchi marotaba davlatlar har 10 yilda kamida bir marotaba aholini ro'yxatga olishni o'tkazishini tavsiya etgan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2015 yil 10 iyundagi “2020 yilda aholi va uy-joy fondini ro'yxatga olish borasidagi prinsiplar va tavsiyalar” rezolyutsiyasiga tayanib, a'zo-davlatlarni 2020 yilda Butunjahon aholi va uy-joy fondini ro'yxatga olish dasturi doirasida kamida bir marotaba ro'yxatga olishni o'tkazishni qat'iy da'vat etadi.
Aholini umumiy ro'yxatdan o'tkazish tadbiri tarixiga nazar solsak, aholi sonini hisobga olishga bo'lgan ehtiyoj uzoq tarixga borib taqaladi.
Tarixiy manbalarga ko'ra, Qadimgi Xitoy, Misr, Gretsiya, Yaponiya, Rim va Eronda aholi hisobini yuritish to'g'risidagi ma'lumotlar mavjud.
Lekin aholini hisobga olishning maqsadi va uslublari juda sodda ko'rinishda bo'lib, hozirgi zamonaviy ko'rinishdan keskin farq qilgan.
Tartibli ko'rinishdagi aholini umumiy ro'yxatdan o'tkazish 1790 yilda AQShda o'tkazilgan, undan so'ng1800 yilda Shvetsiya va Finlandiyada, 1801 yilda Angliya, Daniya, Norvegiya va Fransiyada o'tkazilgan.
Aholini ro'yxatga olishning dolzarbligi nimada?
1. Har bir ma'muriy-hududiy birliklar kesimida ya'ni, viloyat, tuman, shahar, shaharcha va qishloqlardagi aniq aholi soni;
2. Respublikani iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishda sohalar bo'yicha manzilli dasturlarning tayyorlanishi:
- ijtimoiy himoya bo'yicha;
- sog'liqni saqlash bo'yicha;
- investitsiya bo'yicha;
- madaniyat bo'yicha;
- turizm bo'yicha
- maktabgacha ta'lim va maktablar qurish bo'yicha;
- yo'l qurilishi va infratuzilma bo'yicha;
- boshqa sohalar bo'yicha.
3. Jon boshiga yalpi hududiy va yalpi ichki maxsulot hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlarni shakllantishish uchun.
4. Ilmiy izlanishlarda foydalanish.
5. Milliy barqaror rivojlanish maqsadlari bo'yicha indikatorlarning shakllanishi.
6. Xalqaro reytinglarda Uzbekistonning o'rnini oshirish.
7. Barcha darajadagi demografik holatlar ya'ni, aholining yoshi, jinsi, millati, kam sonli aholisi bor millatlar, ma'lumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflari.
8. Hozirgi demografiyani aniq hisobi va kelajakdagi prognozi.
9. Respublika, viloyat va tuman darajasidagi byudjetlarni aniq shakllantirish.
10. Tuman, shahar, viloyat va respublikada uy-joyga bo'lgan extyojni aniqlash.
11. Xorijiy investorlarni jalb qilish uchun.
12. Uzoq va chegaradosh hamda chegaradan tashqari hududlar aholi ma'lumotlarini aniq hisobini shakllanishi.
13. Boshqalar uchun xizmat qiladi.

 

 

Olot tuman statistika
bo'limi boshlig'i: N.Jumaev

Tugmani bosing Tinglash