Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Aholini ro`yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ko'rilmoqda.


Respublikamizda iqtisodiy va ijtimoiy ma'lumotlaring aniqliligini ta'minlash va axolinig yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma'lumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflari haqida ma'lumotlar maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi PF-5655-son Farmoniga muvofiq respublikamizda 2022 yilda aholini ro'yxatga olish tadbirini o'tkazish belgilandi.
Aholini ro'yxatga olishni o'tkazish bo'yicha turli tadbirlar o'tkazilmoqda. Xususan, joriy yilning 24 sentyabr kuni Jondor tumani hokimlik binosida bo'lib o'tgan seminarda statistika, tashkilot va korxona rahbarlari, yer resurslari va kadastr bo'limi hamda o'zini-o'zi boshqarish organlari vakillari ishtirokida aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ko'rish ishlari haqida fikr-mulohaza yuritildi. Tadbirda so'zga chiqqanlar aholi soni bo'yicha aniq va yaxlit ma'lumotlar ularni ro'yxatga olish asosida olinishi, bu aholining yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma'lumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflar bilan belgilanishi haqida gapirdi.
Shuningdek o'tkazilgan tadbirda viloyat statistika boshqarmasidan tashrif buyrgan masul xodimlar so'zga chiqib aholini ro'yxatga olishda vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tegishli komissiyalar rahbarlari farmonda nazarda tutilgan vazifalarning o'z vaqtida, to'liq va sifatli bajarilishi borasida so'z yuritdi.
Tashkil etilgan seminarda aholini ro'yxatga olishni tashkil etish va o'tkazishda jismoniy hamda yuridik shaxslarning ishtiroki, ular mehnatiga haq to'lashning aniq mexanizmlari borasida fikr-mulohaza almashildi. Aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha ishlarni aniq chora-tadbirlar asosida bajarish va bu borada mas'ul ijrochilar malakasini oshirish xususida to'xtalib o'tildi.
Tadbirda aholini ro'yxatga olishni o'tkazishga vakolatli organ hamda boshqa davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni muvofiqlashtirish masalari haqida fikr-mulohaza bildirildi.
Shuningdek, aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ko'rish ishlari yuzasidan tumanning boshqa tashkilotlarida jumladan, maktablarda, qishloq vrachlik punktlarida, maktabgacha ta'lim bo'limlarida shuningdek tumanda mavjud korxonalarda ham tuman statistika bo'limi xodimlari tomonidan seminarlar tashkil etilmoqda.

Jondor tuman statistika
bo'limi bosh mutaxassisi S.Farmonov

 

Tugmani bosing Tinglash