Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

              Aholini ro'yxatga olishning massadi va vazifalari.

Aholini ro'yxatga olish - bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko'lamli tadbir bo'lib, aholi to'g'risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.
    O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi PF-5655-son    Farmoniga muvofiq respublikamizda 2022 yilda aholini ro'yxatga olish tadbirini o'tkazish belgilanligi munosabati bilan Peshku tumanida ham seminar o'tkazildi
  Seminar qatnashchilariga xalqaro tajribaga asosan aholi soni bo'yicha aniq va yaxlit ma'lumotlar aholini ro'yxatga olish asosida olinadi. Aholini ro'yxatga olish yakunlariga qarab o'tmish va hozirgi davr haqida fikr va mulohazalar yuritish hamda kelajakni prognoz qilish mumkin bo'lishi tushuntirildi.

Aholini ro'yxatga olish tadbiri iqtisodiy jihatdan bizga nima beradi?
Birinchidan, aholini ro'yxatga olish mehnat va uy-joy bozorlarini rejalashtirish, respublika byudjetini tuzish, transport siyosatini yuritish, elektrenergetika, ijtimoiy ta'minot, sog'liqni saqlash va ta'lim sohalari, til va diniy siyosat masalarida juda muhim ahamiyatga ega. Bir so'z bilan aytganda, qaysi sohada bo'lmasin, kelajakni bashorat qilish zarur bo'lgan hollarda aholini ro'yxatga olish natijalarisiz rejalashtirib bo'lmaydi.

Ikkinchidan, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko'rsatkichlarni (yalpi ichki mahsulot, aholi daromadlari, sanoat mahsuloti hajmi, iste'mol mahsulotlari hajmi, aholiga ko'rsatiladigan xizmatlar hajmi, qishloq xo'jaligi mahsulotlari) hisoblashda foydalaniladi.
Uchinchidan, respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko'rsatish bo'yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot manbai sifatida xizmat qiladi.

To'rtinchidan, aholi punktlarining infratuzulmasini yaxshilashda, mehnat resurslaridan foydalanish va joylashtirish bo'yicha qisqa, o'rta va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqishda ishlatiladi.
Bunday ma'lumotlar ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni oldindan baholash, bandlik sohasidagi siyosatni belgilash, ijtimoiy siyosat
va aholi salomatligi bo'yicha dasturlarni yaratishda, shuningdek davlat hokimiyati organlarining vazifalarini bajarishi, ilm-fan
va jamiyatni axborot bilan ta'minlash uchun zarurdir.

    O'zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish konsepsiyasiga muvofiq aholini ro'yxatga olish tadbirlarini o'tkazish bilan bog'liq xarajatlar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlariga va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun ko'zda tutilgan O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa mablag'lar hisobiga moliyalashtiriladi.
Moliyalashtirish uchun zarur mablag'lar hajmi O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va boshqa mas'ul idoralar hisob-kitoblari asosida, shuningdek, tender savdolari va tender hujjatlarini rasmiylashtirish natijalari bo'yicha aniqlanadi.

Aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazishga, uning materiallarini qayta ishlashga, natijalarini olish va e'lon qilishga jalb etilgan xodimlarning mehnatiga haq to'lash maxsus ishlab chiqilgan va tasdiqlangan normativlar asosida amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, 2022 yilda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish bo'yicha xalqaro tashkilotlar bilan ham tashkiliy, uslubiy
va moliyaviy jihatlar bo'yicha hamkorlik qilinmoqda. Jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg'armasi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Statistika komissiyasi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi va boshqa shu kabi xalqaro tashkilotlarni keltirish mumkin.

Peshko' tuman statistikasi.

Tugmani bosing Tinglash