Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

            Aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish ishlari

Sobiq ittifoq davrida “Butunittifoq aholini umumiy ro'yxatdan o'tkazish” dasturi doirasida 1989 (19 mln.kishi) yillarda O'zbekiston SSRda aholini umumiy ro'yxatdan o'tkazish amalga oshirilgan.
Mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasida Aholini ro'yxatga olish tadbiri umuman o'tkazilmagan bo'lib, mazkur tadbir ilk marotaba o'tkazilishi belgilandi.
Uzbekiston Respublikasida 2022 yilda axolini ruyxatga olishni utkazish konsepsiyasini tasdiklash tugrisida Uzbekiston Respublikasining Prezidentining farmoni tasdiklandi. (2019 yil 5 fevral PF-5655-son)
Uz navbatida Uzbekiston Respublikasida 2022 yilda axolini ruyxatga olishni utkazish konsepsiyasi kuyidagilarni nazarda tutadi.
Aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish ishlari keng qamrovli tadbir bo'lib, ketma-ket hamda bir vaqtning o'zida tegishli tadbirlarni amalga oshirish mumkin bo'lgan bosqichlarni o'z ichiga oladi.
Birinchi bosqichda; (3 yilgacha bo'lgan muddat) Aholini ro'yxatga olish tadbirini o'tkazishga tayyorgarlik ko'rish (normativ xujjatlar, dasturiy ta'minot, tashkiliy ishlar) ishlarini amalga oshirish
Ikkinchi bosqichda; (10 kundan 60 kungacha bo'lgan davr) Bevosita aholini ro'yxatga olish tadbirini o'tkazish ishlari amalga oshiriladi
Uchinchi bosqichda; (2 yildan 3 yilgacha bo'lgan davr) Aholini ro'yxatga olish tadbirining birlamchi materiallari ma'lumotlari jamlanadi, elektron bazaga kiritiladi, kodlashtirish, nazorat,
tahrir qilinadi natijalari e'lon qilinadi
Kogon tuman statistika bulimi tomonidan bir kancha amalga ishlar oshirilmoqda,jumladan:
- radio eshittirishlar tashkil etish;
- gazetalarda maqolalar chop etish;
- ta'lim muassasalarida davra suhbatlari tashkil etish;
- mahallalarida uchrashuvlar tashkil etish buyicha aholini ro'yxatga olishni ommaga yetkazish uchun barcha yo'nalishlar bo'yicha targ'ibot-tashviqot ishlari amalga oshirish
Hududiy komissiyalar, tuman va shahar hokimliklari, tuman yer resurslari va kadastr bo'limlari va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish
organlari vazifalari Ma'muriy-hududiy birliklar bo'yicha:
-qog'oz va elektron shaklda sxematik rejalar
va xaritalarni mavjudligini xatlovdan o'tkazish;
- ko'chalar nomlarini belgilash ishlarini yakuniga yetkazish;
- uy va xonadonlarni to'liq raqamlash;
- shaharlar, shaharchalar va qishloq aholi punktlarining hududiy chegaralariga aniqlik kiritish (xaritalarini tuzish);
- borish qiyin bo'lgan aholi punktlari va tog'li hududlar ro'yxatini shakllantirish.
- aholi sonini ko'rsatgan holda aholi punktlari kesimida ro'yxatini shakllantirish
Aholini ro'yxatga olishga doir tadbirlarda
fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari,
nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning ishtiroki
- aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazishga ko'maklashish
- aholini ro'yxatga olish bo'yicha aholini xabardor qilish jarayonida ishtirok etish;
hududlarda aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ko'rish
va uni o'tkazish bilan bog'liq jarayonlarda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish ishlari amalga oshirilmokda.

Kogon tuman statistika bulimi
bosh mutaxassisi G.Jabborova

Tugmani bosing Tinglash